O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

7-UMUMTA`LIM MAKTABI

Maktab tarixi

7-ě ţç.jpg

Dehqonobod  tumanidagi 7-umumiy o’rta  talim 

M A K T A B  T A R I X I

   1929-1930 -  yillar   qishlog’imiz   Boysun  tumaniga  qaragan  bo’lib, Oqrabot  qishlog’idagi  dastlabki  maktab  1929-yil “ G’o’rim”  qishlog’ida  qora(kapa)  uyda    tashkil  qilingan. Maktabda  turli yoshdagi 14 nafar o’quvchilar  bir sinfda o’qitilgan .  O’quvchilarga   Surxondaryolik  Xursan  Begimov ismlik muallim   saboq  bergan.

   1930 - yilda  Ko’ksoy, Dara  va Sibiziq  qishloqlarida   1-4  sinflar hajmida yangidan maktab  tashkil  etiladi.Bu maktabda  ham  dars saboqlari qora uyda olib borilgan.  Maktab qishloqlar kesimida ko’chma holda tashkil etilgan Masalan, bu yil Ko’ksoy qishlog’ida bo’lgan ,keying yil Dara qishlog’ida , keying yil Sibisiq qishlog’ida.O’quvchilarga  qo’shni  Beliboyli  qishlog’idan   Umbar  Jo’rayev ismli o’qituvchi   dars  bergan.

      1934-1935  yillarda  O’qituvchilar soni  bir muncha kengaygan.Xursan Begimov, Madi Rustamov, Alixon Rustamov kabi muallimlar  turli joylardan kelib o’qituvchilik qilishgan. 

       1939-  yillarga kelib  tarqoq qishloqlarda maktablar  ahvoli  nisbatan yaxshilanib  1940 - yilda   qisloqlardagi qora uylardagi  maktablar  birlashib,  Qo’shbuloq  qishlog’ida  paxsa devordan qurilgan  maktab  tashkil  topgan. Maktabga    Aliqulov Bekmurod direktorlik qilgan. B.Aliqulov   1901- yilda  Oqrabot  qishlog’ida  tu’gilgan, jonkuyar, mehnatkash o’qituvchi bo’lgan.

      1941-1942  yillaqrda Stalin, Molotov,  Quvvat  kolxozlari  bazasida V.P.Chkalov  nomli  7-yillik  maktab  tashkil  topgan.  Shamolikam  qihlog’ida  maktabning   filiali tashkil etilgan.Filialda 1-4 –sinflar o’qitilgan, 

      1942 - yildan  1964 - yilgacha mazkur maktabga  quyidagi  kishilar  direktorlik  qilishgan.

     1942-43 yillarda     Azimov  M

     1943-44  yillarda  Jo’rayev  Umbar

     1944-45  yillarda  Asadov  H

     1945-46  yillarda  To’xtarov  Q

     1946-48  yillarda  Rahmatova  Chuvhuk

     1949-51 yillarda  Tog’ayev  Sherdon

   1951-53  yillarda  Karimov  Bozor

    1953-1961  yillarda  Tog’ayev  Sherdon 

     Sherdon Tog’yev - 1916 yilda Dehqonobod  tuman  Oqrabot  qihlog’ida  dehqon  oilasida  tug’ilgan. Maktabni bitirib,  pedagogika  bilim yurtida  o’qigan va 1936 -  yilda  tugatgan . Shu ma’lumot bilan ko’p yillar o’qituvchi bo’lib  ishlab,  Qarshi Pedagogika institutining  tarix fakultetini 56 yoshida  tamomlaydi.  Mutaxassisligi  tarixchi bo’lgan . Maktabning  bolalar  va o’smirlar  uyuhmasi  Sh. Tog’ayev  nomi  bilan  atalgan.

    1961-62-   yillarda Rajabov  Menglimamat  direktor  bo’lib  ishlagan,

M.Rejabov  1956 –yil Nizomiy nomli  Toshkent Pedagogika institutini  tugatgan.  Mutaxassisligi  til  va adabiyot o’qituvchisi.  Menglimamat  Rajabov  1933- yilda  Oqrabot  qihlog’ida  tug’ilgan,  hozirgi  kunda  nafaqada.

    1962-63-  yillarda Mussurmonqul  Boyto’rayev  maktab  direktori bo’lgan.

M.Boytyo’rayev   1936- yilda  Oqrabot  qihlog’ida  tug’ilgan.  1959-  yilda Orjanikedzi nomidagi  Buxoro Pedagogika institutini   tugatgan.  Mutaxassisligi  filolog.

      1963-64-  yillarda  Toji  Berdiyev maktab direktori bo’lgan, 1935  yil Oqrabot  qihlog’ida  tug’ilgan. Orjanikedzi nomidagi  Buxoro  pedagogiuka  institutini  1957  yilda  tugatgan. Mutaxassiligi  ximik. 

      Maktab 1963-  yilda  G.S.Titov  nomli  54-o’rta maktab deb nomlangan.

    1964-1985- yilgacha Mamadali  Boyto’rayev  maktab  direktori  bo’lib  ishlagan. Shu yillarda  maktabning  moddiy -texnik  bazasi  boyib,  pedagog  kadrlar  ko’paygan.

       Mamadali  Boyto’rayev  1925- yilda  Oqrabot  qishlog’igda  tug’ilgan.  1957- 1962-yillarda Orjanikedzi nomli Buxoro  pedagogika institutini tamomlagan . Mutaxassisligi  tarixchi. Tuman gazetasida  muharrir,  tuman partiya propaganda bo’limida instruktor,  maktabga  direktor,  umrining oxirigacha  maktabda  tarix  fani o’qituvchisi bo’lib ishlagan. U “Xalq ta’limi a’lochisi”,  Vatan  urushi qatnashchisi,  “Hurmat  belgisi” ordeni, va bir  qancha  medallar  sohibi  bo’lgan.

      1986-1990  yillarda  Toji  Berdiyev direktorlik qilgan.  Toji  Berdiyev  direktorlik qilgan yillari  ya’ni  1989 -  yilda  tumanda  birinchi bo’lib  834  o’rinli   eng  zamonoviy  tipdagi  3 qavatli  maktab  binosi  qurilib  ishga tushirildi.2 ta sport zali, 150 o’rinli faollar zali, 30 dan ortiq  o’quv sinf xonalari mavjud.

      1990-2000 -  yillarda  Ne’mat Abdirayimovich  Bozorov direktorlik qilgan. N.Bozorov 1960- yilda Oqrabot qishlog’ida  o’qituvchi oilasida tug’ilgan. 1985- yilda Qarshi pedagogika institutining matematika fakultetini tugatgan.Bu yillar davomida  maktabda 40 ga yaqin  malakali kadrlar  600 dan ortiq o’quvchilar  tahsil olgan.N.Bozorov “Xalq ta’limi fidoyisi” nishoni sohibi, ko’plab shogirdlari vatanimizning turli jabhalarida  mehnat qilmoqda.2000-2013- yillar oralig’ida Dehqonobod tuman XTB mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi paytda  tumandagi  85-sonli maktab direktori vazifaida ishlab kelmoqda.

    2000-2004  yillarda maktabga Norboy Nurmatovich Yangiboyev direktor bo’lib ishladi. 1962-yil tugatgan. Mutxassisligi  filolog. Ko’p yillar davomida XDPsining  tuman  kengashini boshqargan. “Dehqonobod ovozi” gazetasida muharrir  bo’lib ishlagan. Hozirgi paytda nafaqada.

     2004-2013-yillarda maktabga Azamat  Mengliyevich Narmanov direktor bo’lib ishladi. A.Narmanov Toshkent rus tili va adabiyoti institutini  1983- yilda tugatgan. Mutaxassisligi  rus tili va adabiyoti.Hozirgi kunda nafaqada  va shu maktabga rus tili va adabiyoti fanidan o’quvchilarga ta’lim berib kelmoqda.

     2014-2017- yillarda  Erkin Nurmatovich Yangiboyev  direktor bo’lib ishlagan.1989 - yilda O’zbekiston Jahon tillari institutuni tamomlagan. Mutaxasisligi rus tili vaqa adabiyoti. Bu davrga kelib o’qituvchilar 71 nafar  va o’quvchilar 856 nafarni tashkil qulgan.

     2018-yil yanvar oyidan boshlab Usmon Nomozovich Hayitov direktor bo’lib ishlab kelmoqda. Hayitov Usmon 1997 yil Qarhi Davlat Universitetini tamomlagan.  Mutaxasisligi  ximik. Hozirgi kunda 7-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi  va  5 ta  maktab  filiallarida 80 nafar o’qituvchilar (  % oliy ma’lumotli)   va 27 nafar ishch xodimlar   1020  nafar  o’quvchilarga  ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormoqda.