Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

7-UMUMTA`LIM MAKTABI

Yangiliklar

Sport - tinchlik elchisi!

Har bir o‘quvchini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish biz ustozlarning asosiy vazifalarimizdan, deya ta‘kidlaydi maktabimizning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Xolbek Hotamov. Darvoqe, shunday. Har bir o‘quvchining jismoniy jihatdan sog‘lomligi ularning ma‘naviy dunyosining sog‘lom bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Bu esa ta‘lim tizimining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda maktabimizda turli xil fan va sport to‘garaklari ham tashkil etilgan va qiziquvchan o‘quvchi yoshlar maksimal darajada qamrab olingan. Bunga misol tariqasida maktabimizda tashkil etilgan "Stol tennisi", "Volleybol", "Basketbol" va "Futbol" to‘garaklari faoliyatini keltirishimiz mumkin.
Sport to‘garaklarida va jismoniy tarbiya darslarida faol ishtirok etadigan o‘quvchilardan maktab terma jamoasi shakllantirilgan va ular 25-fevral kuni tumanimizdagi 40-o‘rta ta‘lim maktabida o‘tkazilgan sport musobaqalarida ishtirok etishdi