O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

7-UMUMTA`LIM MAKTABI

Yangiliklar

“Amir Temur izdoshlari” marafoni

10-aprel kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi binosidan “Vatanparvarlar bog‘i” hududigacha bo‘lgan masofada “Amir Temur izdoshlari marafoni” o‘tkazildi. 

Marafon Prezidentning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya xususan, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

Marafon yakunida “Amir Temur izdoshlari marafoni” g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.